
Neymar kelasi mavsumni qaerda boshlashi hal bo‘ldi
Braziliyalik mashhur hujumchi Neymar 2026 yilgi jahon chempionatiga qadar sport formasini yuqori darajaga ko‘tarish uchun Evropaga qaytishni reja qilayotgan edi.
33 yoshli to‘purar agentlari uning xizmatini bir necha bor “Barselona”ga taklif qilib ko‘rdi. Biroq Xans-Diter Flik yoshi o‘tib qolgan yulduzni o‘z jamoasiga qo‘shishni istamadi.
TNT Sports nashrining ma’lum qilishicha, Neymar Evropaga qaytish fikridan voz kechgan. U hozirgi klubi “Santos” bilan hamkorlikni yana bir yilga uzaytiradi.
Aslida Neymarning amaldagi bitimi 30 iyun kuni tugashi kerak edi.
Braziliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy sifatida tanlangan Karlo Anchelotti yaqinda Neymarga qo‘ng‘iroq qilib, unga ishonch bildirishini aytgan.
Shunga qaramay, Neymar keyingi ikki yil davomida juda ko‘p jarohat oldi. Xususan, yanvarda “Santos”ga qaytganidan beri bor yo‘g‘i to‘qqizda uchrashuvda qatnashib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Neymar oxirgi marotaba 17 aprel kuni maydonga tushgan va yana shikastlanib, bir oydan beri davolanish bilan band.
Fikrlar