Neymar Messini ortda qoldirdi

  • 10.10.2020 16:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar kecha “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan Boliviyaga (5:0) qarshi bellashuvda jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

PSJ futbolchisi kechagi bahsda 2 ta golga assistentlik qilishdan tashqari 18 marta raqiblarini aldab o‘tdi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, bu Janubiy Amerika qit’asida so‘nggi 3 ta mundial saralash uchrashuvlaridagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

So‘nggi marta 2011 yil Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida Kolumbiyaga qarshi bellashuvda 15 marta raqiblarini aldab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!