Neymarning otasi Dani Alvesni qutqarishga kirishdi

  • 11 yanvar, 2024, 12:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol” hujumchisi Neymarning otasi Neymar da silva Santos “Barselona”ning sobiq futbolchisi Dani Alves hisob raqamiga pul o‘tkazib berdi va futbolchi tajribali advokat yolladi.

UOL nashrining yozishicha, Dani Alvesning shaxsan o‘zi Neymar oilasiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Uning iltimosi qanoatlantirildi va hisobiga 150 ming evro o‘tkazib berildi. Bu pullar futbolchi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qizlarga kompensatsiya sifatida to‘lanadi.

Shu tariqa, Dani Alvesning qamoq jazosi muddati qisqartilishi kutilyapti.

Dani Alvesning manfaatlarini Neymar da Silva Santosning advokati Gustavo Ksisto himoya qilmoqda.

Zo‘rlash aybi bilan qamoqqa olingan Dani Alvesning sudi 5-7 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Sobiq futbolchi qariyb bir yildan beri Kataloniya qamoqxonasida o‘tiribdi. Unga 12 yillik qamov jazosi belgilanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!