Niderlandiyalik yulduz firibgarlikda ayblanmoqda

  • 12 iyul, 2024, 14:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder jinoiy tashkilot uchun pul yuvishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda "RTL" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Sneyder Niderlandiyadagi qurilish kompaniyasining aktsiyadorlaridan biri hisoblanadi. Aynan o‘sha tashkilotda millionlab evro miqdoridagi pul yuvilishi bo‘yicha tekshiruv boshlangan. 

Kuzatuv davomida bu kompaniyaning taqiqlangan moddalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi avstraliyalik jinoiy guruh bilan ham aloqasi borligi ma’lum bo‘ldi. Turkiya ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, tegishli tashkilotlar moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha hisobotlarni o‘rganib chiqdi. Ularda esa jinoiy guruhlar faoliyatining sxemasi batafsil tasvirlangan. Ta’kidlanishicha, Uesli Sneyderning nomi ham ushbu tergov xujjatlarida uchraydi. 

Avvalroq, sobiq futbolchi o‘zi aktsiyador bo‘lgan kompaniyaning jinoiy guruh bilan aloqasi haqida hech narsa bilmasligini aytib o‘tgandi. 

Mazkur voqealar fonida Sneyderning ushbu kompaniyaga kiritgan sarmoyalarini qaytarib ololmasligi ham mumkinligi ta’kidlanmoqda. Biroq, futbolchi bu ishdan "toza" chiqish uchun kuchli advokatlarni yollaganligi ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!