Nihoyat "Inter" Spallettining ketganini rasman e’lon qildi

  • 30.05.2019 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Luchano Spalletti “Inter” bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda milanliklar rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 60 yoshli mutaxassis “neradzurrilar”ni so‘nggi ikki mavsumdan buyon boshqarib kelayotgan edi. “Inter” uning boshqaruvida har ikkala mavsumni A Seriyada 4-o‘rinda yakunlab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tez orada “Inter” Antonio Konteni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!