
Niko Uilyams “Barsa”ni “kuydirdi”
“Barselona”ning yozgi transferlar davridagi asosiy nishoni “Atletik” hujumchisi Niko Uilyams hisoblanadi.
Evropa chempionati qahramonlaridan bo‘lgan ispaniyalik futbolchining xaridorlari soni ortib bormoqda. Biroq 22 yoshli futbolchining qarori kataloniyaliklarni ancha qiynab qo‘yadigan ko‘rinadi.
Nikoning ayni paytda transfer summasi 58 million evroga baholanmoqda. Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Uilyams yana bir mavsum Bilbaoda qolishni rejalashtirmoqda.
“Atletik” rahbariyati o‘z futbolchisini jamoada olib qolib, uni klub bilan yangi shartnoma tuzishga ko‘ndirmoqchi. Bu orqali bilbaoliklar Nikoning transfer summasini 100 million evroga ko‘tarishni ko‘zlagan.
Agar klub mutasaddilari bu rejasi amalga oshsa, kelasi yoz kataloniyaliklar futbolchi uchun kurashdan chiqishi mumkin. “Barselona”ning keyingi yillardagi moliyaviy ahvoli bir o‘yinchiga buncha katta mablag‘ sarflashni ko‘tara olmaydi.
Fikrlar