Nikoloz Basilashvili raqibini dodini berdi

Gruziyalik tennischi Nikoloz Basilashvili Monreal shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning ilk bosqichida g‘alaba qozondi.

Nikoloz keskin va murosasiz o‘tgan "Masters" turkumidagi mazkur turnirda serbiyalik Dushan Layovichga qarshi kortga chiqib, yakunda 3:6, 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa "Rogers Cup"ning ikkinchi davrasiga chiqqan Basilashvili, endi germaniyalik Yan-Lennard Shtruffni sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!