Nima, Chimaev yutadi? Shoshmang uning raqibi "avstraliyalik iblis" bo‘ladi! (So‘rovnoma)

  • 14 oktabr, 2024, 11:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ma’lumki, 26 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida "UFC 308" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang kechasining 2-markaziy to‘qnashuvi Xamzat Chimaev va Robert Uittaker o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Biz an’anaga muvofiq ushbu qarama-qarshilik haqida o‘zbek yakkakurash olami vakillarining fikri bilan qiziqdik. 

Farruh Madaminov - murabbiy

- Bu jangda yaqqol favorit bor. Bu Chimaev. Lekin Uittaker ham hurmatga loyiq jangchi. U sobiq chempion va kuchli strateg. Biroq uning uslubi Chimaevga qulaylik tug‘diradi. Xamzatning kurashi Robiga imkoniyat qoldirmaydi. Nazarimda Chimaev Uittaker bilan "stoyka"da jang o‘tkazish xato ekanligini biladi va dastlabki daqiqalardanoq uni "parter"ga olib tushishga harakat qiladi. 1-raundda Uittakerni charchatib, 2-raundda bo‘g‘ib qo‘yishga harakat qiladi. Imkoniyatlarni 70/30 degan bo‘lardim. Chimaev foydasiga...



Doniyorbek Ro‘ziev - murabbiy

-  Qiziqarli jang bo‘ladi. Agar, "stoyka"da jang kechadigan bo‘lsa, Uittakerda ustunlik bo‘ladi. Biroq, Chimaev o‘zining kuchli tarafiga tayanib, kurashda uni mag‘lub etishga harakat qilsa kerak. Chunki Robert Uittakerni Ikram Aliaskerovni qanday mag‘lub etgani Chimaevga saboq bo‘lganligi aniq. Yana kim biladi, deysiz. Bu MMA va unda har qanday holat bo‘lishi mumkin. Imkoniyatlarni 60/40 deya baholagan bo‘lardim. 



Sardor Sulaymonov - murabbiy 

Uittaker Hamzat jangi juda qiziq bo‘ladi. Bu Xamzat uchun eng qiyin raqib deb o‘ylayman. Agar, jang oxirigacha davom etsa, Uittaker ochkolar hisobida g‘alaba qozonadi. Hamzat bo‘g‘ish yoki og‘riqli uslubni qo‘llab, yutib olishi mumkin. Uittakerni nokaut qilishiga ishonmiman. Shuning uchun Chimaevni "favorit" deyotganlarga shoshmang uning raqibi "avstraliyalik iblis" va u qanday jang qilishni biladi, degan bo‘lardim. Imkoniyatlar 60 /40 Uittaker foydasiga!



Husniddin Ro‘ziev - murabbiy

-
Menimcha bir-biriga mos raqiblar. Ko‘pchilik Uittakerni "stoyka"dagi imkoniyatini yuqori baholamoqda. Biroq, men bunday deb o‘ylamayman. Chimaevning "stoyka"si hakm yomon emas. U bu borada ham avstraliyalik jangchi bilan bahslasha oladi. Chimaevning kurashi esa diviziondagi eng kuchlisi sanaladi. Chimaev uni pastga olib tushib, uzog‘i 2-raundda bo‘g‘ib qo‘yadi. Imkoniyatlarni 70/30 deya baholagan bo‘lardim. 



Mirafzal Axtamov - MMA jangchisi

- Hamzat Chimaev bu safargi jangga juda puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Bevosita biz bilan bitta zalda mashg‘ulot olib borayotganligi uchun ham uning jismoniy holatiga real baho bera olaman. U juda yuqori jismoniy holatga ega bo‘lib ulgurdi. Jang to‘liq davom etmaydi. 2-raundda Chimaev "sabmishn" bilan g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlarni 70/30 deya baholayman. 



Kamron Ortiqov - MMA jangchisi

 - Robert Uittaker zo‘r jangchi, uning harakatlari menga juda yoqda. Ammo bu jangda uning imkoniyati pastroq. Chunki Chimaevning kurashini oldida uning himoyasi ojizlik qiladi. Jang asosan "parter"da kechadi va bunda Chimaev to‘liq ustunlik qiladi. O‘ylashimcha 2-raundda Chimaev bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qolzonadi. Imkoniyatlar 70/30.
 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!