Nodirbek Abdusattorov: "FIDE va ​​"Freestyle Chess" hamkorlik qilishi kerak!"

  • 8 fevral, 13:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Mukofot jamg‘armasi 75000 ming dollarni tashkil etuvchi "2025 Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus" turniri davom etmoqda. Ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishgan. Nodirbek Abdusattorov musobaqadan kutilmalari, FIDE va "Freestyle Chess" munosabatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Salom, Nodirbek! Siz bir yildan keyin Vaysenxausga qaytdingiz. Hissiyotlar qanday?

Salom! Men o‘zimni ajoyib his qilyapman va Germaniyaga kelganimdan doimgidek xursandman. O‘tgan yili bu erda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan edim. Bu safar ham natijalarimni yaxshilashga harakat qilaman.

Turnir tarkibi juda kuchli ko‘rinmoqda: Magnus, Hikaru, Fabiano, Gukesh, siz... Bu siz ishtirok etgan eng nufuzli turnirlardan birimi?

Ha, balki bu mening faoliyatimdagi eng kuchli turnirdir. Ammo, afsuski, bu klassik emas. Men klassik formatni afzal ko‘raman, lekin bu erda birinchi navbatda tezkorlik talab qilinadi. Oson bo‘lmasligi aniq,  lekin qiziqarli partiyalar kutyapman. O‘tgan yili turnir juda qiziqarli o‘tdi: Tezkor  g‘alaba qozondim, chorak finalda Ding Lirenni mag‘lub etdim, yarim finalda esa Magnusga yutqazdim. Bu men uchun muvaffaqiyatli turnir bo‘ldi va endi menda natijani yaxshilash uchun motivatsiya bor.

O‘tgan yili siz Rustam Qosimjonov bilan Veyk-an-Zeeda bo‘lgansiz. Bu safar kim bilan keldingiz?

Men bu erga onam bilan kelganman.

Ushbu turnirga qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz?

Rostini aytsam, hech qanday. Bunday turnirga qanday tayyorgarlik ko‘rish mumkin? Men taktik muammolarni hal qildim, variantlarni hisoblash ustida ishladim - bu har qanday turnirga standart tayyorgarlik.

Lekin ba’zi o‘yinchilar o‘tgan partiyalarni tomosha qildilar yoki boshlang‘ich pozitsiyalarni tahlil qilishdi...

Bu kichik ustunlik berishi mumkin, lekin buni buni amalga oshirish kerakligiga ishonchim komil emas. Tajribaga ega bo‘lganim sayin bunday turli-tuman turnirlarga tayyorgarlik metodikamni topaman deb o‘ylayman.

Bu yilgi taqvimingiz juda zich. Bu turnir siz uchun qanchalik muhim?

Juda muhim. Maqsadlarimdan biri Parijdagi turnirning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. Umuman olganda, 2025 yil, ayniqsa, jahon chempionati tsiklining bir qismi bo‘lgan Grand Suisse va Jahon kubogi bilan band bo‘laman. Ushbu turnirlarga tayyorgarlik va erkin shaxmatda ishtirok etishni birlashtirish kerak bo‘ladi. Ha, taqvim barcha o‘yinchilar uchun og‘ir bo‘ladi, ammo bu bizning vazifamiz va biz buni uddalashimiz kerak. Keling, hammasi qanday bo‘lishini ko‘rib chiqaylik.

Ushbu turnir oldidan juda ko‘p tortishuv va mojarolar bo‘lgan. Vaziyatni kuzatdingizmi?

Ha, muzokaralar anchadan beri davom etayotganini, ayniqsa, turnir oldidagi so‘nggi kunlar juda keskin o‘tganini bilardim. Tafsilotini ham bilmasdim, lekin eshitdimki, tomonlar o‘zaro maktub almashgan, vaziyat murakkab edi.

Bunga qanday munosabatdasiz?

FIDE va ​​"Freestyle Chess" hamkorlik qilishi kerak, deb hisoblayman. Men bo‘linishga qarshiman va o‘yinchilar ikkala tashkilotda ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi yaxshiroq deb o‘ylayman. Bu nafaqat shaxmatchilar, balki tomoshabinlar uchun ham ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi.

FIDE bu yil o‘yinchilarga "Freestyle Chess"da qatnashishga ruxsat berdi, ammo keyin nima bo‘ladi?

Hozircha ular ruxsat berishdi, ammo keyingi yil nima bo‘lishi noma’lum. Menimcha, qandaydir qaror qabul qilinadi. Vaziyatni kuzatib boramiz", - dedi Abdusattorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!