
No‘’mon Hasanov: Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasini Kubok orqali qo‘lga kiritishga harakat qilamiz
Coca Cola Cuperliganing 26-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Navbahor” jamoasi ustozi No‘’mon Hasanov ishtirok etdi.
- Avvalambor, futbolchilarni chempionatni yakunlangani bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin shiddatli tarzda kechdi. Muxlislar ikkita chiroyli gol guvohiga aylanishdi. Maydon holati ham qish bo‘lishiga qaramay, chiroyli o‘ynin ko‘rsatish imkoniyatini berdi. Futbolchilar maza qilib pas orqali to‘p surdilar. Mavsum davomida xatolarimiz bo‘ldi. Kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz.
Jamoamiz oldiga Chempionlar ligasiga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Kubok o‘yini orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Kubok bahslari bu yil juda qisqa fursatda o‘tkaziladi. Buning ustiga final Namanganda bo‘ladi. OChL vazifasi men jamoaga kelmasimdan oldinoq qo‘yilgan edi.
Yangi mavsumda ham jamoada qoladigan bo‘lsam, tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz. Birdaniga hamma narsani o‘zgartirish qiyin. Menga imkon berilsa qishki tanaffus vaqtida jamoa o‘yinini yanada kuchaytirish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman, - dedi Hasanov.
Fikrlar