Norman MYudan ko‘ra, Shomurodov bilan to‘p surishni ma’qulladi

  • 13 may, 2020, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bilan birga “Rostov” jamoasida to‘p surayotgan norvegiyalik yarim himoyachi Matias Normann o‘ziga “Manchester Yunayted” qiziqqani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Tecno

- Bunaqa bo‘lishi mumkin emas va shuning uchun ham bu mavzuni muhokama qila olmayman. Agar MYudan taklif bo‘lsa ham “Rostov”da qolaman, - dedi Normann.

Matias Normann MYu bosh murabbiyi Sulsher qo‘l ostida “Molde” jamoasida to‘p surgan. Shu bois  unga APL grandi tomonidan qiziqish bo‘layotgani haqida o‘tgan yildan buyon gap tarqalmoqda.

Normann “Rostov” kelgunga qadar Norvegiya va Angliyadan to‘p surgan. Matias Eldor Shomurodov singari “Rostov”ning asosiy tarkib o‘yinchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!