Novak Jokovich: "Jamoamdagi barcha buning taqiqlangan mavzu ekanini biladi"

  • 16 iyul, 2022, 17:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 21 karra g‘olibi Novak Jokovich 35 yoshida ham yuqori tempda o‘ynay olishi haqida gapirdi. Serbiyalik raketka ustasi uni "Rolling Stones" musiqiy guruhi etakchisi Mik Jaggerga qiyoslagan jurnalistning savoliga hazilomuz javob qaytardi.

Tecno

"Umid qilamanki, kareram Mik Jaggernikidan ikki barobar qisqa bo‘ladi. Chunki 78 yoshimda tennis o‘ynashim qiyin masala. Albatta, men bu yoshda qo‘shiq kuylashim mumkin, ammo raqsga tusha olmayman.

Ammo o‘zimni qolipga solmayman. Buni boshqa birov qilishini ham istamayman. Jamoamdagi barcha buning taqiqlangan mavzu ekanligini biladi. Men qarorni erkin qabul qilaman.

Albatta, "Katta dubulg‘a" turnirida g‘alaba qozonish imkonim bor ekan, davom etishim lozim".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!