"Nyukasl" bu safar ham "Chelsi"ni mag‘lub eta oladimi?
Bugun Nyukasl shahridagi "Sent Jeyms Park" stadionida Angliya premer-ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Nyukasl” hamda “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi.
Quyida ushbu uchrashuvga oid ba’zi qiziqarli faktlarni havola etamiz:
- “Nyukasl” APL doirasida o‘z maydonida “Chelsi”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 5ta o‘yindan 4tasida g‘alab qozongan;
- “Chelsi” 2018 yilda APL doirasida yakshanba kuni o‘tkazilgan 3ta safar bahsining barchasida mag‘lub bo‘lgan. “Nyukasl” esa joriy yil yakshanba oqshomida o‘tkazilgan barcha 3ta o‘yinda g‘alaba qozongan;
- Agar bugun "Chelsi" "Nyukasl" ustidan g‘alaba qozonsa, Sarri klub tarixiga kiradi va Konte, Anchelotti, Xiddinka hamda Mourinolar qatori debyut mavsumining o‘zida APLning ilk 3ta turida g‘olib chiqqan murabbiyga aylanadi;
- "Chelsi" "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 5ta o‘yindan 3tasida g‘olib chiqqan.
"Nyukasl Yunayted" – "Chelsi"
Stadion: "Sent Djeyms Park" (Nyukasl)
Boshlanish vaqti: 20:00
Bosh hakam: Pol Tirni (Angliya)
"Nyukasl": Dubravka – Dammett, Klark, Lassels, Lazaar – Ritchi, Diame, Shelvi, Atsu – Peres, Xoselu.
"Chelsi": Kepa – Aspilikueta, Luis, Ryudiger, Alonso – Jorjino, Kante, Kovachich – Pedro, Azar, Morata.
Fikrlar