"Nyukasl" yangi bosh murabbiyni tanladi. U Saudiyadan keladi
«Nyukasl» jamoasida yaqin kunlar ichida bosh murabbiy almashishi kutilmoqda. Angliyalik mutaxassis Eddi Xau oʻz lavozimini tark etishga tayyorlanayotganini haqida xabarlar tarqaldi.
Ishonchli manbalar va insayder jurnalist Fabrizio Romano maʼlumotiga koʻra, jamoani endilikda 38 yoshli nemis murabbiyi Mattias Yayssle boshqarishi kutilmoqda. Hozirda u Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubida faoliyat yuritmoqda. Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar ijobiy kechayotganini aytilmoqda, shu bois yaqin vaqtlarda «Nyukasl» Yaysslening tayinlanishini rasmiy eʼlon qilishi kutilayapti. Nemis mutaxassisi avvalroq «Red Bull Zaltsburg», «Lifering» va qator boshqa klublarda ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Eddi Xau qoʻl ostidagi «Nyukasl» Angliya chempionati jadvalida faqat 12- oʻrinni egalladi. Xau 2021 yildan buyon «qarğalar»ni boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar