O‘zbekistonlik jahon chempioni Dmitriy Bivolni muhim jangga tayyorlashda yordam beradi

  • 16.10.2026 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Havaskor boks bo‘yicha o‘zbekistonlik jahon chempioni Javohir Ummataliyev (2–0) rossiyalik yarim og‘ir vazn chempioni Dmitriy Bivol (25–1) mashg‘ulot lageriga qo‘shildi. Bu haqida Sports.uz saytida faoliyat yuritgan sport blogeri Jalol Ahmedovga xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Bivolning tayyorgarlik jarayonida bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston boks maktabi vakillaridan uch nafar sportchi ishtirok etmoqda.

- Havaskor boksda o‘zini yorqin namoyon qilgan o‘zbek bokschisi  Javohir Ummataliyev Dmitriy Bivolning mashg‘ulot lageriga qo‘shildi. Mashg‘ulotlarda shuningdek yana ikki o‘zbekistonlik bokschi — Rahmatullo Boymatov va Samandar Jalolov ham ishtirok etmoqda, — deya yozgan Ahmedov ijtimoiy tarmoqda.

Javohir Ummataliyev 2025 yil sentabr oyida Liverpul shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 80 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. U finalda fransiyalik Yojerlan Sezarning mag‘lub etgan.

Dmitriy Bivolning navbatdagi jangini 2026 yil 12 dekabr kuni Yekaterinburg shahrida o‘tkazishi rejalashtirilgan. Uning raqibi britaniyalik Kallum Smit (31–2, 22 nokaut) bo‘ladi. Rossiyalik bokschi ushbu jangda yarim og‘ir vazndagi WBA, WBO, IBF va The Ring kamarlarini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!