Obameyyang Londonni tark etdi

  • 04.02.2023 19:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang Chempionlar ligasi pley-off bosqichi uchun jamoa tarkibiga kiritilmaganini bilib, Londonni tark etdi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli hujumchi ingliz klubi rahbariyatining bu qaroridan hafsalasi pir bo‘lgan va oilasi bilan vaqt o‘tkazish va kelajagi haqida o‘ylash uchun Milanga uchib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Obameyyang o‘tgan yozda "Barselona"dan 12 million evro evaziga "aristokratlar" safiga kelib qo‘shilgandi. Umumiy hisobda gabonlik hujumchi londonliklar safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

"Chelsi" Chempionlar ligasining nimchorak finalida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!