
OChL. "Al-Hilol" - "Urava Red Daymonds": Dastlabki bahsda kuchlar teng keldi
OChL finalining birinchi o‘yini "Al-Hilol" - "Urava Red Daymonds" bahsi bo‘lib o‘tdi. Match 1:1 hisobi bilan o‘z nihoyasiga etdi.
Dastlab, Al-Dovsari 13-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Ikkinchi taym boshida Koroki himoyachilar xatosidan umumli foydalanib, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Uchrashuvning 86-daqiqasida Al-Dovsari qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Shu tariqa, dastlabki o‘yinda durang natija qayd etildi. Keyingi o‘yin 6-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar