"Octagon" ligasi prezidenti: "O‘zbekiston UFC turnirlariga mezbonlik qilishi mumkin"

  • 21 iyun, 01:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Qozog‘istonning "Octagon" ligasi prezidenti Nuraddin Sodyqov You Tube dagi  “Azamat Sport" kanalida UFC turnirlariga mezbonlik qilish uchun Qozog‘istondan ko‘ra O‘zbekistonning imkoniyatini yuqori baholadi. 

Tecno

"Haqiqatni qanday bo‘lsa, shundayligicha aytishimiz kerak. Bugungi vaziyatni hisobga olsak, UFC turnirlariga mezbonlik qilish uchun O‘zbekistonda Qozog‘istonga qaraganda ko‘proq imkoniyat mavjud. Biroq biz ham jim o‘tirganimiz yo‘q. Urinishlarimiz qanchalik foyda berishi tez orada ma’lum bo‘ladi. 21 iyun kuni Bokuda o‘tkaziladigan "UFC Fight Night 249" oqshomi Ozarbayjon uchun tarixiy ahamiyatga ega, chunki Amerika promoushenlik kompaniyasi o‘z turnirini mamlakatda ilk bor o‘tkazmoqda" - dedi Qozog‘iston ligasi prezidenti.

Avvalroq, Qozog‘istonda UFC kechasi o‘tkazilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!