
Odil Ahmedov: Biz charchab qoldik
O‘zbekiston terma jamoasi sardori va "Krasnodar" futbolchisi Odil Ahmedov jamoasining Evropa Ligasi guruh bosqichida "Red Bull Zaltsburg" bilan bo‘lgan o‘yini haqida fikr bildirdi.
- Har bir jamoada pasayish bo‘ladi, - dedi Odil Ahmedov. - Biz haftada ikki marta o‘ynayapmiz va charchoq alomatlari sezilib qoldi. Qolaversa "Red Bull Zaltsburg" ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. "Zenit"ga qarshi umuman boshqacha o‘yin bo‘ladi. Tiklanib olishga harakat qilamiz. Rahbariyat Evropa kubogida pley-offga hech qanday vazifa qo‘ymagan. Lekin maqsadimiz bitta - olg‘a qadam bosish.
"Krasnodar" Avstriya jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, Evropa ligasining bahorda bo‘ladigan pley-off bellashuvlariga yo‘llanma oldi.
Fikrlar