Odiljon Hamrobekov: "Bu hech qanday ajratib o‘tadigan o‘yin emas"

  • 15 noyabr, 2022, 15:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qozog‘istonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

— Bu hech qanday ajratib o‘tadigan o‘yin emas. Bu navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi. Oldimizda turgan yo‘limizdagi galdagi o‘yin, deya olaman. Maqsad — xatolarni ko‘rib chiqib, ularni to‘g‘rilashdan iborat. 

Yarimhimoyamiz Ahmedov, Haydarov, Jeparov va Kapadzelar harakat qilgan davr eng kuchli chiziq bo‘lgan, deb hisoblayman. Hozirga kelib, murabbiy va futbolchilar bilan bu pozitsiyani mustahkamlash uchun harakat qilyapmiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘yini ertaga "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!