ЎФА тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари эълон қилинди

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

 Superliga

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvining 27-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi D. Turopov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining tizza qismiga tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Diyorjon Turopovga (Neftchi) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvining 81-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Sh. Abdurahmonov ikkinchi sariq, qizil kartochka olgandan so‘ng boshi bilan bosh haqamning yuz qismiga zarba bermoqchi bo‘lgan va tajovuzkor harakat qilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shoxrux Abdurahmonovga (Bunyodkor) jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, “Neftchi” futbol klubi muhlislari tomonidan uchrashuv davomida, shu jumladan, uchrashuvning tanaffus vaqtida va uchrashuv yakunlangandan so‘ng uchrashuv hakamlari sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgani hamda maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgani bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha tegishli chora ko‘rish so‘ralgan. Shuningdek, uchrashuvga oid videoyozuv va boshqa ma’lumotlar tahlil qilinganda mezbon jamoa sifatida “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan stadionda jamoat tartibi va xavfsizligining ta’minlanishi yetarlicha tashkil etilmagani aniqlandi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Neftchi” futbol klubiga nisbatan o‘z muhlislari tomonidan salbiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olinmagani uchun O‘FA Intizom kodeksining 5.34-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, “Bunyodkor” futbol klubiga nisbatan stadionda jamoat tartibi va xavfsizligining ta’minlanishi yetarlicha tashkil etilmagani uchun O‘FA Intizom kodeksining 5.9-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Qizilqum”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 14-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi A. Bo‘riyev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdurauf Bo‘riyevga (Olimpik) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik”—“Qizilqum”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 77-daqiqasida Qizilqum futbol klubi futbolchisi A. Shulaiga uchrashuv bosh haqami tomonidan berilgan birinchi va ikkinchi sariq kartochka, qizil kartochka bo‘yicha vaziyat O‘zbekiston futbol hakamlari markazining tashabbusi bilan Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, bosh hakam tomonidan ushbu vaziyatda xato qaror chiqarilgan, deb topilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Olimpik”— “Qizilqum” uchrashuvi bosh hakami tomonidan Akaki Shulaiga mazkur uchrashuvda ko‘rsatilgan barcha kartochkalar O‘FA Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

“Andijon” — OKMK

Superliganing 23-turi doirasidagi “Andijon” — OKMK uchrashuvda, “Andijon” futbol klubi muhlislari tomonidan uchrashuv davomida, shu jumladan, uchrashuvning tanaffus vaqtida va uchrashuv yauknlangandan so‘ng uchrashuv hakamlari sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgani hamda turli xil buyumlar uloqtirilgani, uloqtirilgan buyumlardan biri yordamchi hakamga teggani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan kelgusi 1 ta uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga

“Yunired” — “Aral”

Pro liganing 22-turi doirasidagi “Yunired” — “Aral” uchrashuvining 70-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi D. Nizanov to‘psiz vaziyatda boshi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Damir Nizanovga (Aral) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor farm” — “Lokomotiv

Pro liganig 22-turi doirasidagi “Navbahor farm” — “Lokomotiv” uchrashuvining 45-daqiqasida “Navbahor farm” jamoasi muxlislari tomonidan raqib jamoa futbolchilari va uchrashuv rasmiylarining sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilib, o‘zlarini tajovuzkor tutganligi, natijada uchrashuv komissari uchrashuvni 2 daqiqaga to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi

Birinchi liga Kubogi

“Do‘stlik Toshkent” — “Yangiyer quruvchi”

Birinchi liga Kubogining 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Yangiyer quruvchi” uchrashuvining 16-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” jamoasi futbolchisi Sh. Qodirov oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining to‘pig‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sherzod Qodirovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi

“Do‘stlik Toshkent” — “Yangiyer quruvchi”

Birinchi liga Kubogining 4-turi doirasidagi “Do‘stlik Toshkent” — “Yangiyer quruvchi” uchrashuvining 23-daqiqasida “Yangiyer quruvchi” jamoasi futbolchisi T. Omonov oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining to‘pig‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Turdimurod Omonovga (Yangiyer quruvchi) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati

“Nasaf U21” — “Metallurg U21”

U21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Metallurg U21” uchrashuvining 28-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi S. Buronov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Sarvar Buronovga (Nasaf U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon U21” — “Navbahor U21”

U21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Surxon U21” — “Navbahor U21” uchrashuvining 40-daqiqasida “Navbahor U21” jamoasi futbolchisi A. Abdurazzoqov to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abrorjon Abdurazzoqovga (Navbahor U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Olimpik U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 73-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi A. Muzaffarov to‘psiz vaziyatda raqib o‘yinchisining ko‘krak qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Akmaljon Muzaffarovga (Qizilqum U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi

OKMK W — “So‘g‘diyona W”

Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining yarim-final bosqichi doirasidagi OKMK W — “So‘g‘diyona W” uchrashuvining 79-daqiqasida “So‘g‘diyona W” jamoasi futbolchisi D. Xabibullayeva to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Diyora Xabibullayevaga (So‘g‘diyona W) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: UFA

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!
Hakimov Sodiqjon
02/11/2023 19:14
Нимага Пахтакорни пенальти тепгани тугр нотугри эканлиги хакида гап суз йук
&
Rasul099
03/11/2023 00:02
Shu uzbek muxlislariga hayron kolamaney chora korsayam yokmaydi chora kormasayam yokmaydi anau hakamni lisenziyasini olishdi toydan keyin hinani kotinga tik deyishdi undan oldin esa unga hech qanakangi chora korilmaydimi deyishdi...Hullas barchasiga yan tepadagilar ayibdor...Haa jamoang zor bolsa urup tashasin 3 4talap hakamingatam maydoningayam dep
&
Leoooo
02/11/2023 21:05
БЕФОЙДА БАРИБР КУЗ БУЯМАЧИЛИК ХАММАСИ ХАЛК СЕНЛАРНИ ЭРТАГИНИ ЭШТУРИБ УЗИМИЗ ЭРТАК ЁЗАДИГОН БУЛИБ КОЛДИК
Oybek Abdusattorov
02/11/2023 20:21
Bularni hammasini yoʻqatishkerak
&
Адхамжон Низомов
02/11/2023 18:25
Карорларинга к....м.Волий жамоалари УФАга ва ПФЛга бойкот эьлон килиш керак.Водий жамоалари узи чемпионат утказиш керак.
&
-!-NAVIGATOR-!-
02/11/2023 16:09
Endi o‘zlariga ham boqish kerak yani o‘yinga nomunosib hakam tayinlagani uchun layoqat bilan qaramagni uchun shu vaqtgacha norm hakam topa olmagani uchun hakamlar qo‘mitasini va bo‘lar bo‘lmasga o‘zlarini kodeksi bilan futbolchi va kulblarni har xil jazoga qo‘llayotgan O‘FA tarti intizom qo‘mitasini ham jazoga tortish kerak