OFK Kubogi. "Kuala-Lumpur FA" "So‘g‘diyona"ning hududlararo finaldagi raqibi

  • 7 sentabr, 2022, 20:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK Kubogi hududlararo yarim finalidan o‘rin olgan "Mohun Bagan" - "Kuala-Lumpur FA" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Dastlab, Paulo Jozue 60-daqiqada hisobni ochdi. 90-daqiqada hindistonliklar vakili Muhammad Ali Molla muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Muhammad bin Sidid va Romel Morales ikkita gol urib, mehmonlarga g‘alaba taqdim etdi.

Shu tariqa, kuala-lumpurliklar "So‘g‘diyona"ning raqibiga aylandi. Bahs 5 oktyabr kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!