
OFK nigohi yana O‘zbek futboliga qaratildi!
OFK rasmiy sayti qit’a milliy chempionatlaridagi jamoalarga e’tibor qaratdi. Coca Cola Superligasidan bu safar ham "Paxtakor" e’tirofga loyiq ko‘rildi.
Markaziy Osiyo: "Paxtakor"ning navbatdagi chempionligiga bir g‘alaba qoldi
"Paxtakor"ning Coca Cola Superligasidagi navbatdagi g‘olibligiga erishishi uchun atigi 1 ta g‘alaba etarli. Ular payshanba kungi o‘yinda buni kafolatlashi mumkin".
Shuningdek, milliy terma jamoamizning noyabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari ham e’tibordan chetda qolmadi.
O‘zbekistonning Evropadagi legionerlari noyabr oyidagi yig‘inni o‘tkazib yuboradi
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu oydagi Suriya hamda Iroqqa qarshi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida faqat Osiyo miqyosida faoliyat olib borayotgan legionerlaridan foydalanadi. Dushanba kuni Vadim Abramov e’lon qilgan ro‘yxatdan Evropada harakat qilayotgan futbolchilar o‘rin olmadi".
Fikrlar