
Og‘ir atletika. Bugun Husinboy Matrasulovga muxlislik qilamiz
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Ispaniyaning Leon shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning navbatdagi kunida erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida “A” guruhida Husinboy Matrasulov yurtimiz sharafini himoya qiladi. Vakilimiz ishtirokidagi ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tmiz, kecha jahon chempionatining ayollar o‘rtasida -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Nigora Abdullaeva siltab ko‘tarishda kumush va ikkikurashda bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar