
OKMK - "Xorazm" o‘tgan yili ham O‘zbekiston kubogida to‘qnashgan! (prevyu)
O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida OKMK Olmaliqda Urganchning "Xorazm" jamoasini qabul qiladi.
Bo‘lajak uchrashuv jamoalarning o‘zaro ikkinchi o‘yiniga aylanadi. O‘tgan mavsumda mazkur jamoalar O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida Xorazmda to‘qnash kelishgan. O‘shanda "konchilar" mehmonda yirik hisobda (0:3) g‘alaba qayd etishgan edi.
"Xorazm" klubi Pro liga ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa musobaqa jadvalida 13 o‘yinda 13 ochko jamg‘argan. Hozirgi kunda ushbu jamoani murabbiy sifatida Ruslan Ahmedov boshqarib boradi.
Xorazmliklar O‘zbekiston kubogi nimchorak finalida Bekobodning "Matallurg" jamoasini ishonchli tarzda mag‘lub etib 2009-yildan buyon ilk bor chorak finalda o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, OKMK - "Xorazm" uchrashuvi 3-sentyabr, yakshanba kuni soat 18:00da start oladi.
Fikrlar