OKMK bosh direktori: Hozirdan telefonimizga qo‘ng‘iroqlar, SMSlar kelishni boshladi

  • 24 avgust, 2023, 16:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo Chempionlar ligasining yangi 2023/2024 yilgi mavsumiga qur’a tashlanganidan xabaringiz bor. Ushbu marosimdan so‘ng O‘zbekiston jamoalari o‘zlarining guruh bosqichidagi raqiblari nomini bilib olishdi. OKMK jamoasi bosh direktori Bahodir Mirzaev qur’a tashlash marosimida bevosita ishtirok etdi va bu haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

-Jamoamiz o‘tish o‘yinida Qatarning “Al-Arabi” klubini mag‘lubiyatga uchratib guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu o‘zbek futboli muxlislari uchun juda katta bayram deb o‘ylayman. Ayniqsa, bugungi qur’a tashlash marosimidan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, jamoamiz Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan bir guruhdan joy oldi. Ma’lumki, ushbu jamoa safida hozirda bir qator yulduz futbolchilar to‘p suradi. Ulardan eng mashhuri Karim Benzema. Hozirdan telefonimizga qo‘ng‘iroqlar, SMSlar kelishni boshladi. Shundan ham bo‘lajak o‘yinni qanday kechishini bilib olsa bo‘ladi.

Umuman olganda ushbu qu’ra OKMK jamoasi uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ldi deb o‘ylayman. Bu guruhda jamoamiz bemalol raqobatlasha oladi va keyingi bosqichga chiqadi deb umid qilaman.

Eslatib o‘tamiz, olmaliqliklar guruh bosqichida “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni), “Air Fors” (Iroq) va “Sepaxon” (Eron) klublariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!