Olimjon Nabiev bugun "US Open"da kortga chiqadi

  • 2 sentabr, 2019, 16:16
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Xabaringiz bor Nyu-York shahrida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Amerika ochiq chempionati o‘tkazilmoqda.
 
Bugun mazkur turnirning 18 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasidagi bahslarga start berildi. Unda mamlakatimiz sharafini Olimjon Nabiev himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
 
Olimjon "US Open (U18)" birinchiligining yakkaliklar o‘rtasidagi ilk o‘yinini mezbonlar vakili Tobi Aleks Kolatga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 dan so‘ng boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!