Oliy ligada oxirgi 6 yildagi xorijlik to‘purarlar

  • 10 dekabr, 2016, 14:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ushbu mavsumda Oliy ligadagi eng sermahsul to‘purarlar haqida ma’lumot berib o‘tgan edik. Bu safar oxirgi 6 mavsumda eng ko‘p golga mualliflik qilgan legionerlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

2011 yil
3.Dushan Savich ("Paxtakor") - 7 gol
2. Andres Pereplyotkins ("Nasaf") - 13 gol
1. Milosh Trifunovich ("Bunyodkor") - 17 gol

2011 yilgi mavsumda "Paxtakor"ning makedoniyalik hujumchisi yarim mavsumda 7 ta gol urgan bo‘lsa, "Nasaf"ning latviyalik yarim himoyachisi Pereplyotkins 13 ta golga mualliflik qildi. 17 ta gol urgan "Bunyodkor"ning serbiyalik hujumchisi Trifunovich Oliy liganing eng sermahsul to‘purariga atalgan sovringa ega chiqdi.

2012 yil
3. Ivan Boshkovich ("Nasaf") - 6 gol
2. Artur Gevorkyan ("Nasaf") - 9 gol
1. "Arturas Fomenko ("Navbahor") - 9 gol

"Nasaf"ning ikki legioner futbolchilari Boshkovich va Gevorkyan umumiy hisobda 15 gol urishdi. Serbiyalik hujumchi 6 gol kiritgan bo‘lsa, turkmanistonlik yarim himoyachi esa 9 ta golga mualliflik qildi. "Navbahor"ning litvalik hujumchisi Fomenko ham 9 marta raqiblar darvozaisni ishg‘ol etgan.

2013 yil
3. Akmal Xolmatov ("Lokomotiv") - 10 gol
2. Artur Gevorkyan ("Nasaf") - 18 gol
1. Oleksandr Pishur ("Bunyodkor") - 19 gol

"Lokomotiv"ning tojikistonlik yarim himoyachisi Xolmatov mavsumda 10 ta golga mualliflik qildi. Turkmanistonlik Gevorkyan esa "Nasaf" uchun 18 ta gol urib, mavsumning ikkinchi to‘purari bo‘ldi. Eng yaxshi to‘purar nomini esa "qaldirg‘ochlar"ning ukrainalik legioneri Pishur qo‘lga kiritdi. U 19 ta gol urdi.

2014 yil
3. Oleksandr Pishur (“Bunyodkor") - 6 gol
2.Kaxi Maxaradze ("Paxtakor") - 7 gol
1. Artur Gevorkyan ("Nasaf") - 18 gol

2013 yilgi mavsum to‘purari bo‘lgan Pishur keyingi mavsumda atigi 6 ta gol urdi. "Paxtakor"ning gruziyalik yarim himoyachisi Maxaradze esa 7 ta golga mualliflik qildi. "Nasaf"ning turkman yarim himoyachisi Gevorkyan bu safar ham 18 ta gol urdi. Biroq Artur bu gal eng yaxshi to‘purarga atalgan sovrinni qo‘lga kiritdi.

2015 yil
3. Shaker Zuagi (“Bunyodkor") - 7 gol
2. Nemanya Yovanovich ("Olmaliq") - 9 gol
1. Artur Gevorkyan ("Nasaf") - 11 gol

"Bunyodkor"ning tunislik yarim himoyachisi mavsumni 7 ta gol bilan yakunladi. Serbiyalik Yovanovich esa "Olmaliq" raqiblari posbonlarini 9 marta xafa qilgan. Oldingi mavsum to‘purari Gevorkyan esa 11 ta gol urgan holda, eng sermahsul xorijlik to‘purarga aylandi. Biroq Artur umumiy to‘purarlar ro‘yhatida 6-8-o‘rinlardan joy oldi.

2016 yil
3. Vadim Chemirtan ("Buxoro") - 7 gol
2. Dragan Cheran ("Nasaf") - 12 gol
1. Nemanya Yovanovich ("Andijon"/"Olmaliq") - 13 gol

Yakunlangan mavsumda ikkinchi davrada o‘z jamoasiga kelib qo‘shilgan futbolchilar Chemirtan va Cheran katta sahnaga chiqishdi. Moldovalik hujumchi 7 ta, serbiyalik hujumchi 12 ta gol kiritdi. O‘tgan mavsumda 9 gol kiritgan Yovanovich ushbu mavsumda 13 ta gol bilan eng sermahsul xorijlik futbolchiga aylandi.

Furqat Yusupov tayyorladi

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!