"Oltin to‘p" uchun yangi nomzod?

  • 15 iyul, 2024, 17:42
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Oltin to‘p" uchun Jud Bellingem, Vinisius Junior va Rodrilar kurash olib borayotgan bir paytda bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun yangi nomzod paydo bo‘ldi.

Tecno

Gap shundaki, "Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Dani Karvaxal 2023/2024 mavsumda klub va terma jamoa safida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan deyarli barcha sovringa erishdi.

Quyida Karvaxalning 2023/2024 mavsumdagi hayratlanarli statistikasi bilan tanishishingiz mumkin:

"Evro-2024" g‘olibi
Chempionlar Ligasi g‘olibi
La Liga g‘olibi
Ispaniya Super kubogi g‘olibi
Chempionlar ligasi finalida gol muallifi
Chempionlar ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi

"Goal" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik himoyachi bu statistika orqali "Oltin To‘p" da’vogarlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!