
Oltita Evroda o‘ynagan Ronalduning bir armoni bor
Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatlarida biror marotaba ham jarimadan gol urmagan.
Kecha Portugaliya "Evro-2024" guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan bahsda Chexiyani 1:0 hisobida taslim etdi.
Bellashuvning 59-daqiqasida "An-Nasr" forvardi jarima zarbasi amalga oshirdi. Chexiya darvozaboni Stanek darvozaga aniq tepilgan to‘pni osonlik bilan ushlab oldi.
Bu portugalning Evropa chempionatlari jarima zarbasidan yo‘llangan 29-zarbasi bo‘ldi. U hech qachon ushbu turnirda jarima zarbalarini golga aylantira olmagan.
Ushbu bellashuvda maydonga tushgan Krishtianu oltita Evropa chempionatida o‘ynagan ilk futbolchiga aylandi.
Fikrlar