
"Omadli taqvim" o‘yinining ilk g‘olibi aniqlandi
Yaxshi bilasiz, o‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlardan 6 tasini tanlab olib, R harfi bilan tanlangan raqamlarni “Beeline” va “Ucell” abonentlari 5454 qisqa raqamiga, “Uzmobile” abonentlari 1424 qisqa raqamiga, “UMS” kompaniyasi foydalanuvchilari esa 77777 qisqa raqamiga SMS tarzida jo‘natishlari talab etilar edi.
G‘olib tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlab olinadi. Unga ko‘ra, generator o‘yinimizning ikkinchi sonida dastlabki raqam sifatida 10 raqamini tanladi. Ishtirokchilarimiz orasida 5404 nafar abonent mazkur raqamni to‘g‘ri topishdi.
Generator ikkinchi raqam sifatida 5 sonini tanladi va mazkur ikki raqamni topgan ishtirokchilar soni keskin darajada pasaydi. Uchinchi raqam sifatida tasodifiy raqamlar generatori 6 sonini tanladi. 10,5 va 6 sonlarini to‘g‘ri topgan ishtirokchilar soni 335 tani tashkil etdi.
E’tiborlisi, to‘rtinchi raqam sifatida generator 36 ni tanladi va bizda bosh sovrin - iPhone X smartfoniga da’vogarlar soni 14 tani tashkil etdi.
Odatda 13 raqamini omadsizlik, baxtsizlik keltiruvchi raqam deb atashadi. Amalda ham bu o‘z isbotini topdi. Bosh sovrin uchun da’vogarlik qilgan 14 ishtirokchining birortasi generator tanlagan 13 raqamini topa bilmadi.
Shunday bo‘lsada, ular orasida gerenator tanlagan 31 sonini bir nafar ishtirokchimiz to‘g‘ri topdi. Yaxshi bilasiz, o‘yinimiz shartlariga 6 ta raqamni topgan ishtirokchiga iPhone X, 6 raqamning 5 tasini topgan abonentlarga esa Redmi rusumidagi smartfon topshiriladi.
Ikkinchi sonimizda esa tasodifiy raqamlar generatori tanlagan 10, 5, 6, 36, 13 va 31 sonlarining beshtasini (91) XXX-14-33 raqami egasi to‘g‘ri topib, Redmi smartfoni egasiga aylandi.
Mazkur abonent egasiga tez fursat ichida SPORTS.uz internet axborot portali hodimlari ulanishadi. Shu tariqa ikkinchi sonimizda "Omadli taqvim" o‘yinining dastlabki g‘olibi aniqlandi.
O‘yinga oid qolgan ma’lumotlarni SPORTS.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin. Qolaversa, doim ushbu sayt va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishingiz darkor. Sababi o‘yinga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, yangiliklardan xabardor bo‘lib borasiz.
Fikrlar