Ortimizga yashinmang! “Barsa” xo‘jayini “Real”ga zarba berdi

  • 28.05.2026 11:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” prezidenti Joan Laporta Madridning “Real” klubi rahbari Florentino Peresning bayonotlariga munosabat bildirdi. Avvalroq Peres “Barselona” va hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra o‘rtasidagi hamkorlikda korrupsiya elementlar borligini ta’kidlagandi.

- Negreyra ishi bilan bog‘liq hamma narsa – aslida umuman mavjud bo‘lmagan ish, shunchaki yolg‘on. Menimcha, ular bu orqali odamlarni chalg‘itish va ikki yildan beri hech narsa yutmaganini yashirishga urinmoqda. Ular o‘z muvaffaqiyatsizliklarini yashirish uchun “Barselona”dan foydalanmoqda. Klub bu bayonotlarga tegishli organ orqali javob berish uchun hali ham o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Ular juda ko‘p mablag‘ sarflashdi, ammo haligacha hech narsa yuta olishmadi. Biz esa g‘alaba qozonishda davom etmoqdamiz.

Biz ketma-ket ikki chempionlik, ikki Superkubok va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdik, -dedi Laporta Mundo Deportivo nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda “Barselona”ga hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyraga to‘langan mablag‘lar bo‘yicha pora berish ayblovi qo‘yilgan edi. Kataloniya klubi 2001 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda taxminan 8,4 million yevro miqdorida to‘lovlarni amalga oshirganlikda ayblangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!