
O‘rtoqlik o‘yini. "Lans" "Lester" ustidan g‘alaba qozondi
"Lans" va "Lester" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Aljelo Fyuljeni dubl qayd etgan bo‘lsa, Kevin Danso ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz Abduqodir Husanov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik futbolchi jamoasining o‘tgan, ya’ni "Versal"ga qarshi bahsida bir bo‘lim o‘ynagan edi.
Fikrlar