
O‘runov: Buni yoshligimdan orzu qilar edim
"Spartak" klubida harakat qilayotgan Oston O‘runov ham milliy terma jamoa yig‘iniga jalb qilingan edi. O‘FA matbuot xizmati O‘runov bilan uyushtirilgan intervyuni e’lon qildi.
"Milliy terma jamoa safida o‘ynab, yurtimiz g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shishni yoshligimdan orzu qilar edim. Odil Ahmedov, Server Jeparov kabi futbolchilarning o‘yinlarini ko‘rib, terma jamoada o‘ynashni xohlardim. Xudoga shukr, hozir ular bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish nasib qilmoqda.
Eron Osiyodagi etakchi jamoalardan biri. Shunga qaramay, faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. "Spartak"da muhit a’lo darajada. Meni yangi jamoadoshlarim va murabbiy yaxshi kutib oldi. Ular milliy terma jamoadan chaqiruv olganimni eshitgach, xursand bo‘ldi va menga omad tilab, xayrlashdi", - dedi O‘runov.
Fikrlar
Травма олиб