O‘runov transferi kechikmoqda

  • 13.08.2021 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak”dagi legionerimiz Oston O‘runov faoliyatini ijara asosida “Ufa”da davom ettirishi haqida xabar bergan edik.

Tecno

Rossiya ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, hamyurtimizning transferi kelasi hafta hal etiladi.

Sport24 sayti vakili Evgeniy Semenovning aniqlashicha, “Spartak” o‘zbekistonlik futbolchini hali Ufa shahriga ketishiga ruxsat bermagan.

Oston O‘runov 2020 yilning boshida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan “Ufa”ga ko‘chib o‘tgan edi. Mavsum yakunlangach, “Spartak” iste’dodli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi va 2025 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi.

Oston O‘runovga Moskva klubida o‘zini ko‘rsatishga imkon berishmadi. Keyinroq, qishda “Ufa” uni ijaraga olgandi. Mavsumning ikkinchi yarmi ham Ostonga omadsiz keldi.

“Spartak”ni qabul qilib olgan yangi bosh murabbiy Ruy Vitoriya ham Oston O‘runov hozircha jamoaga kerak emasligini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!