O‘runov "Ufa"ga qaytmaydi

  • 2 sentabr, 2022, 15:31
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov "sport-express" nashrining yarim himoyachi Oston O‘runovning jamoaga qaytishi mumkinligi borasidagi savoliga javob berdi.

Tecno

“O‘runov ortga qaytarmoqchi emasmiz. Shu bois, u bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirganimiz yo‘q. Men oldin ham bu borada gapirganman. Tarkibimiza Ostonning pozitsiyasida o‘ynaydigan 4 nafar futbolchimiz bor ", - dedi Gazizov.

Bugun, 2 sentyabr kuni "Spartak" 21 yoshli O‘runov bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. Hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror o‘zaro kelishuv asosida qabul qilindi.

Shuningdek, O‘runov “Ural”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar ham tarqalgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!