O‘runovga yordam kerak
“Spartak” yarim himoyachisi Roman Zobnin moskvaliklar tarkibiga yangi qo‘shilgan Aleksandr Kokorin va Oston O‘runov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Jamoamiz a’zolari mavsumga jismoniy tomondan yuz foiz tayyor. Yangi kelganlardan Aleksandr Kokorinni avvaldan ko‘pchilik yaxshi taniydi. Oston O‘runov bilan esa endi tanishyapmiz. Jamoaga moslashishi uchun unga vaqt va yordam kerak va biz ko‘maklashishga tayyormiz, - dedi Zobnin.
Oston O‘runov “Spartak”da 20-raqamda to‘p suradi.

Fikrlar