O‘runovning qadri bilinyapti

  • 27 avgust, 2020, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiya premer-ligasining yangi mavsumida “Ufa” beshta uchrashuvdan to‘rttasida ochko yo‘qotdi. O‘tgan mavsumda qudratli jamoalar bilan tengma-teng kurashgan ufaliklar bu safar raqiblarga imkoniyatni boy bermoqda.

Bosh murabbiyi Vadim Evseev muvaffaqiyatsizliklarni yangi mavsum oldidan jamoani etakchi futbolchilar tark etgani va ularning o‘rni munosib o‘yinchilar bilan to‘ldirilmagani bilan bog‘ladi.

- Bizga futbolchi etishmayapti. Agar o‘yinlar haftalik tsiklda o‘tkazilganida bunchalar muammo chiqmas edi. Hozir ko‘p o‘yin o‘tkazilyapti va bizda yaxshi futbolchilar tanqisligi vujudga keldi, - dedi Vadim Evseev.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Ufa” etakchisiga aylangan o‘zbek legioneri Oston O‘runov ham Moskvaning “Spartak” jamoasiga o‘tib ketgan edi. Garchi moskvaliklar bosh direktori Shamil Gazizov uning jismoniy holati o‘yinga tayyorligini bildirgan bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi Ostonni maydonga tushirgani yo‘q. U uch turdan beri zaxirada o‘tirib, debyutini kutmoqda.

“Ufa”ni Oston O‘runovdan tashqari, Daniil Fomin, Emeka Igbun, Andrey Kozlov, Artyom Golubev, Aleksandr Putsko kabi asosiy tarkib o‘yinchilari tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!