Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lgan yosh qilichbozlarimizga qanday avtomobil berilishi ma’lum
Joriy yil Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kadetlarimiz sablya yo‘lanishida kumush va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bir necha daqiqa oldin sovrindorlarimizga sovg‘a tarzida mashina berilishi borasida xabar berib o‘tgandik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu musobaqada sovrindor bo‘lganlarga “spark” avtomobillari taqdim etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini kutib olish marosimi 17:00da boshlanadi.

Fikrlar