
Oskar De La Xoyya: Kanelo hech qachon Bivolni mag‘lub eta olmaydi. Chunki...
Afsonaviy bokschi Oskar De La Xoyya super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares rossiyalik Dmitriy Bivolni mag‘lub eta olmasligini aytdi.
“Kanelo har doim meksikaliklarga qarshi jang qilishni istamasligini aytib keladi. Agar, Bivol Jilberto Ramiresni mag‘lub etsa ham, menimcha, Kanelo hech qachon g‘alaba qozona olmaydi. Bu uning uslubi emas", - dedi De La Xoyya.
Eslatib o‘tamiz, Bivol va Ramires o‘rtasidagi jang 5 noyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar