Ostapenko qiyin o‘yinda g‘alaba qozondi

Latviyalik Elena Ostapenko va amerikalik Shelbi Rojers o‘rtasidagi uchrashuv "Volvo Car Open"ning ikkinchi davrasidan joy oldi.

Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Elena dastlabki setni 4:6 hisobida boy berib qo‘yishiga qaramay, qolgan setlarda 6:3, 7:6 hisobida zafar quchdi.

Endi Charlston shahrida o‘tayotgan musobaqanig uchinchi raundida Ostapenko yana bir amerikalik tennischi — Medison Kiz bilan, yoki germaniyalik Tatyana Mariyabilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!