Oston O‘runov: "Reydlarimni Eron bilan o‘yinga olib qo‘yganman"

  • 18 iyun, 2023, 10:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda o‘tayotgan "CAFA Nation’s Cup" xalqaro musobaqasining final qismiga ham etib keldik. Kutilganidek, unga O‘zbekiston bilan Eron terma jamoalari yo‘l oldilar.

Tecno

Vakillarimiz guruhdagi oxirgi uchrashuvda Tojikistonni 5:1 hisobida tor-mor keltirdilar.

Zaxiradan maydonga tushganlar orasida “Navbahor” a’zosi Oston O‘runov ham o‘zini ko‘rsatdi va raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Uchrashuvdan keyin O‘runov Sports.uz saytiga intervyu berdi.

- Oston, avvalo yirik natijadagi g‘alaba bilan muborakbod etaman. 5:1 hisobidagi g‘alabadan keyin nimalarni ayta olasiz?

- Avvalambor butun o‘zbek xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat. Uchrashuvga keladigan bo‘lsak, biz bu o‘yinni yutishimiz kerak edi va biz buni uddaladik.

- Birinchi bo‘limdagi 0:1 hisobidan keyin ikkinchi bo‘limda 5 ta gol urilganini hisobga olsak, buning asosiy sababi nimada? Tanaffusda jiddiy gaplar aytilganimi yo to‘g‘ri o‘zgarishlarni amalga oshirilganimi?

- Menimcha, zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni kuchaytirib berishdi.

oston o‘runov1

- Terma jamoamiz endi finalda Eron bilan bellashadi va kutilgan jamoalar hal qiluvchi o‘yinda o‘ynaydilar. Eron bilan shaxsan sizni qanday xotiralar bog‘lab turadi?

- Shaxsan men Eronga qarshi o‘ynamaganman.

- Umuman olganda, Eron termasi haqida fikringiz qanday va finalda qanaqa hisobni kutyapsiz?

- Eron Osiyodagi kuchli jamoalardan biri. Bitta narsani bilaman: o‘yinga g‘alaba uchun tushamiz. Oldingi intervyularimda ham aytganman: hozirga kelib O‘zbekiston terma jamoasida eng kerakli narsa o‘ziga ishonch bor, har birimizda. Qanaqa jamoa bo‘lishidan qat’iy nazar maydonga faqat g‘alabani ko‘zlab tushamiz.

- Bosh murabbiy Srechko Katanets sog‘ligi bilan bog‘liq muammo tufayli terma jamoa bilan birga emas. Uning yo‘qligi jamoamizga qanchalik bilinyapti yoki yordamchilari o‘rnini sezdirishmayaptimi?

- Katanets milliy terma jamoada tizimni joyiga qo‘yib bo‘lgan. Har bir futbolchiga qaerda nima qilishni tushuntirgan. Albatta, bosh murabbiyning yo‘qligi seziladi. Lekin yordamchilari ham o‘z ishini yaxshi biladi.

oston o‘runov2

- “Navbahor”da juda xavfli va juda kuchli reydlaringizni ko‘rishga odatlanib qolganimiz uchun terma jamoada ham muxlislar sizdan shunday reydlar kutishyapti. Umuman, termadagi rolingiz qanday?

- Murabbiylar ham mendan shu narsani talab qilishadi. Reydlarimni Eron bilan o‘yinga olib qo‘yganman (kuladi).

- Oxirgi savol: ilk bor milliy terma jamoalar ishtirokida uyushtirilgan CAFA musobaqasi haqida fikringiz qanday va bu jamoamizga nima beradi, deb o‘ylaysiz?

- Juda kerakli turnir. Jamoalarga o‘yin amaliyotini beradi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sardorbek 5555
18/06/2023 14:57
Oston bos gazini olga Uzbekiston