
Oston O‘runov va jamoadoshlarining narxi 100 mln evrodan oshdi
Transfermarkt sayti Rossiya premer-ligasi klublari futbolchilari narxini yangiladi. Ro‘yxatda eng ko‘p yuqorilagan jamoa "Spartak" bo‘ldi. Moskvaliklar “Chelsi”dan Viktor Mozesni o‘z safiga qo‘shib olgach, jamoaning umumiy narxi 10 million evroga oshdi.
Oston O‘runov harakat qilayotgan "Spartak" futbolchilarining umumiy narxi 100 million evrodan oshdi. Ular ayni damda bu borada RPL klublari orasida 4-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam esa, doimgidek “Zenit” (180,3 mln evro). Kuchli uchlikdan TsSKA (138,2 mln evro) va "Krasnodar" (115,65 mln evro) joy olgan.
1. "Zenit" - 180,3 million evro
2. TsSKA - 138,2.
3. "Krasnodar" - 115,65.
4. "Spartak" - 106,45.
5. "Lokomotiv" - 84,25.
6. "Dinamo" - 51,83.
7. "Rubin" - 47,3.
8. "Rostov" - 38,05.
9. "Arsenal" - 33,2.
10. "Sochi" - 30,1.
11. "Axmat" - 28,4.
12. "Ural" - 23,35.
13-14. "Ufa" - 18,45.
13-14. "Rotor" - 18,45.
15. "Ximki" - 16,03.
16. "Tambov" - 11,5.
Fikrlar