
Oston O‘runovning jamoadoshi Habibga omad tiladi
"Spartak" himoyachisi Georgiy Jikiya UFC chempioni Habib Nurmagomedovga Jastin Getjiga qarshi jang oldidan omad tiladi.
"Habib, men vazn tashlash qanchalik mushkul ekanligini boshqalardan ko‘ra, yaxshiroq bilaman.
Shuning uchun, men senga sabr-toqat, omad va albatta g‘alaba yor bo‘lishini tilab qolaman. Barchasi sen xohlaganingdek yakunlansin, chunki, hozir sening davring! "Habib time", - deb yozdi Jikiya o‘zining Instagram sahifasida.
Habib va Jastin o‘rtasidagi jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar