
Ot izini toy bosar...
Lazizbek Zokirov haqida boks ishqibozlari juda yaxshi bilsa kerak. O‘zbek boksi afsonalaridan biri "Tailand Qiroli kubogi" ( 1997 yil) va jahon kubogida oltin (1998 yil), Bankokdagi Osiyo o‘yinlarida bronza (1998 yil) medallarini qo‘lga kiritgan. 4 karra O‘zbekiston chempioni, "O‘zbekiston Iftixori" faxriy unvoni sohibi, hozirda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda.
Ushbu inson o‘zbek boksi rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan va hamon yosh avlodni tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Bugun ushbu insonga izdosh sifatida o‘z farzandlarini ham e’tirof etish lozim.
O‘g‘li Jahongir Zokirov 2003 yil tavallud topgan. +80kg vaznda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempioni, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi. Jahongir hali yosh bo‘lishiga qaramay, kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalarida ham munosib ishtirok etdi va kumush medal sovrindori bo‘ldi.
Laziz Zokirovning qizi Aziza Zokirova esa, -63 kg vaznda o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston va Osiyo chempioni hisoblanadi.
Fikrlar