
Otabek Shukurov Hindistonga qarshi o‘yindagi g‘alabadan juda ham mamnun emas!
Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Hindiston - O‘zbekiston uchrashuvidan (0:3) so‘ng termamiz etakchisi Otabek Shukurov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi:
Bugun jamoamiz juda ham o‘z kuchiga ishonib harakat qildi. Buning siri nimada?
- Avvalambor, barcha o‘zbek muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Biroq siri nimada degan gap bo‘lishi kerak emas. Sababi, biz Avstraliya yoki Osiyoning kuchli jamoasini yutmadik. O‘yindan o‘yinga o‘sishga harakat qilamiz.
Avstraliya Suriya ustidan g‘alaba qozondi va bu bizning imkoniyatlarimizga qanchalik ta’sir qiladi?
- Hammasini o‘yin ko‘rsatadi. Avstraliya juda ham kuchli. Bu termaga qarshi munosib harakat qilishimiz kerak. Mana shu kabi jamoalarga qarshi asosiy kuchimiz ko‘rinadi, Hindiston bilan emas.
- O‘tgan Osiyo kubogida aynan Avstraliya bizni penaltilar seriyasida chiqarib yuborgan. Revansh bo‘ladimi yoki sovuqqonroq o‘yin ko‘rsatamizmi?
- O‘sha uchrashuvda aslida mag‘lub bo‘lmaganmiz, faqatgina penaltilarda omadimiz kelmagan. Mana shu bahsda o‘zimizning haqiqiy kuchimizni sinovdan o‘tkazamiz.
Fikrlar