
O‘zbekiston avtosport terma jamoasi nufuzli musobaqada medallar qo‘lga kiritdi
2025 yil 26–28 sentyabr kunlari Shri-Lankaning Bandaragama karting trassasida Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy avtosport chempionati — Asia Pacific Motorsport Championship 2025 bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqa 18 ta davlatdan ortiq 200 dan ziyod sportchini va beshta turni o‘zida jamladi.
O‘zbekiston Respublikasi Avtosport terma jamoasi quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etdi:
• Karting Slalom (Cadet, Senior)
• Karting Endurance
• Gymkhana (Male, Female)
• Cross Car
• Esports (Sim Racing)
Sportchilarimiz natijalari:
Karting Slalom (Cadet) — Vladislav Kim 3-o‘rinni egalladi.
Karting Endurance — Li Senman va Amir Xamraev 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Cross Car — ushbu yo‘nalishda ilk marta qatnashgan Farrux Urunov munosib natija ko‘rsatib, 4-o‘rinni egalladi.
Karting Slalom (Senior) — Kamoliddin Najmiddinov va Samina Axmadjonova mos ravishda 11- va 13-o‘rinlarni egallashdi.
Esports (Sim Racing) — Mirazam Yusupov va Rustam Xabirov yarim finalgacha etib borishdi.
Gymkhana (Male, Female) — Dilshod Yusupov, Alim Axmadjonov va Sabina Yusupova birinchi sakkiztalikka kira olishmadi, ammo baribir iroda va kuchli xarakter namoyish qilishdi.
Jamoaviy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medali bilan 12-o‘rinni egalladi.
Fikrlar