O‘zbekiston chempionatining eng yaxshilari taqdirlandi

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi "Unisversal" sport majmuasida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Tecno

Uch kun davom etgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 400 nafarga yaqin dzyudochilar jami 16 ta vazn toifasi (8 tadan bolalar va qizlar)da medallar uchun tatamiga chiqishdi. Musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vaznda bellashuvlar o‘tkazilishi barobarida eng yaxshilar ham federatsiya tomonidan taqdirlandi.

judo1

Eng yaxshi erkak hakam - Alisher Karganov

Eng yaxshi ayol hakam - Natalya Berezgina

Eng yaxshi dzyudochi (1-kun) - Bobur Vadjiev (-66 kg)

Eng yaxshi dzyudochi (1-kun) - Gulshoda Xalilova (-44 kg)

Eng yaxshi dzyudochi (2-kun) - Jaloliddin Boynazarov (-73 kg)

Eng yaxshi dzyudochi (2-kun) - Farangiz Xolmurodova (-70 kg)

Eng yaxshi dzyudochi (3-kun) - Muzaffarbek To‘raboev (-100 kg)

Eng yaxshi dzyudochi (3-kun) - Irisxon Qurbonboeva (-78 kg)

Eng yaxshi dzyudochi (3-kun) - Xosiyat Masharipova (+78 kg)

judo

O‘z yo‘nalishlarida eng yaxshi deb topilgan hakam va dzyudochilarga esdalik sovg‘alarini O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosarlari Shoatxam Isroilov va Bekzod To‘raboev topshirdi.

Ma’lumot uchun, endi 4-6 dekabr kunlari "Universal" sport majmuasida kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!