O‘zbekiston futzal terma jamoasi ilk bor Qozog‘istonni mag‘lub etdi

  • 15 dekabr, 2021, 19:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qozog‘istonda O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Mazkur bahsda vakillarimiz 4:6 hisobida zafar quchishdi. 

Tecno

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga nazar tashlasak, vakillarimiz bu raqibini bugungacha, biror marta ham mag‘lub eta olmagandi. Ushbu bellashuv orqali Bahodir Ahmedov shogirdlari nihoyat bu noxush an’anaga barham berishdi. Ilk bor Qozog‘istonni terma jamoamiz mag‘lub etdi.

Bu uchrashuv jamoalarning 11-to‘qnashuviga aylandi. 8 bor Qozog‘iston zafar quchdi. Ikki o‘yinda durang qayd etilgan. Vakillarimiz bitta o‘yinda g‘alaba qozondi.

Bu jamoalarning dastlabki ikki to‘qnashuvi Osiyo chempionati doirasida kechgan. Qolgan bellashuvlar o‘rtoqlik maqomida o‘tgan.

Qozog‘iston – O‘zbekiston: jami 11 o‘yin.

Qozog‘iston – 8 g‘alaba; O‘zbekiston – 1 g‘alaba; durang – 2.

To‘plar farqi: Qozog‘iston – 39 gol; O‘zbekiston – 21 gol.

1) 05.03.1999. Kuala-Lumpur (Malayziya). OCh. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 3:2

2) 16.07.2001. Tegeran (Eron). OCh. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 2:2

3) 03.03.2013. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 6:1

4) 04.03.2013. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 4:3

5) 02.12.2014. Toshkent. MT. O‘zbekiston – Qozog‘iston – 1:1

6) 22.01.2016. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 3:1

7) 23.01.2016. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 3:1

8) 09.08.2016. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 6:1

9) 10.08.2016. Almati. TM. Qozog‘iston – O‘zbekiston – 4:2

10) 14.12.2021. Nur-sulton. Qozog‘iston - O‘zbekiston - 3:1  

11) 15.12.2021. Nur-sulton. Qozog‘iston - O‘zbekiston - 4:6

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!