
O‘zbekiston ITKF karate-do terma jamoasi jahon chempionatiga jo‘nab ketdi
AQShning Mayami shahrida 2-7 iyul kunlari ITKF karate-do bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirda O‘zbekiston ITKF karate-do terma jamoasi ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi rahbari Shuhrat Kushmuratovning ta’kidlashicha ushbu chempionatga terma jamoa vakillari munosib tarzda hozirlik ko‘rgan.
- Jahon chempionati juda nufuzli turnir va karatening ushbu yo‘nalishi jahonda juda yaxshi rivojlangan. Shuning uchun, raqobat juda jiddiy kechadi. Biz ham musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik va o‘ylaymizki, munosib ishtirok bilan sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
Fikrlar